29-noyabr, chorshanba kuni ertalab 9:00 atrofida birinchi marta O‘zbekistonga Afg‘onistondan yo‘lovchi samolyoti uchib keladi. Bu haqda “Daryo”ga ishonchli manbasi ma’lum qildi. Shu tariqa ikki mamlakat o‘rtasidagi yo‘lovchi aviaparvozlariga poydevor qo‘yiladi.
“Daryo” manbasi qayd etishicha, Kobul—Toshkent—Kobul yo‘nalishi bo‘yicha aviareysning ochilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning yangi istiqbollarini ochib beradi.
Shuningdek, bu qo‘shni respublikadan keladigan yo‘lovchilarga turli yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar geografiyasini ochib, O‘zbekistonning tranzit imkoniyatlarini ahamiyatli tarzda oshiradi.
Izoh (0)