Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston xalq artisti Galina Melnikova va boshqa chet el fuqarolarini Do‘stlik ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risida farmon imzoladi, deb yozadi “1news.uz”.
Hujjatga muvofiq, O‘zbekistondagi “Mehrjon” xayriya jamg‘armasi vasiylik kengashi a’zosi Galina Melnikova “xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi, xalqlar madaniyatlarini yaqinlashtirish va o‘zaro boyitish bo‘yicha samarali faoliyati uchun” taqdirlandi.
Shuningdek, Do‘stlik ordeni Britaniyaning “Chik bay Jrud” teatri direktori Donnellan Deklanga, Fransiyaning Kursi shahri meri Martin Jolliga, Italiyaning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Chezare Mariya Ragalyini va boshqalarga berildi.
Izoh (0)