Zimbabvening sobiq prezidenti Robert Mugabe tug‘ilgan kun — 21-fevral mamlakatda rasman davlat bayrami deb e’lon qilindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Bayram “Robert Gabriel Mugabe nomli milliy yoshlar kuni” degan nom oldi.
Zimbabve hukumati shu yil avgust oyida hukmron partiya yoshlar qanoti iltimosiga binoan Mugabe tug‘ilgan kunni davlat bayrami etib belgilashga qaror qilgandi. Biroq hukumatning bu boradagi rasmiy qarori faqat 24-noyabr kuni e’lon qilindi.
Izoh (0)