Qozog‘istonning Ko‘kchatov shahrida politsiyachi avtobusni to‘xtatib, muloqot uchun haydovchini chaqirganidan foydalangan konduktor transport vositasini olib qochib ketdi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar bermoqda.
Oqmo‘la viloyati ichki ishlar organlari ma’lumotiga ko‘ra, 26-noyabr kuni shahar yo‘l politsiyasi xodimlari reyd tadbirlari chog‘ida hujjatlarni tekshirish maqsadida reys bo‘yicha qatnovchi avtobusni to‘xtatgan.
29 yoshli haydovchi hujjatlarini ko‘rsatish uchun chiqqanida salonga kirgan shaxs transport vositasini haydab ketgan. Huquq-tartibot xodimlari uni darhol to‘xtatib qolgan.
Politsiya huquqbuzar mast ahvoldagi 30 yoshli mahalliy erkak ekanligini aniqladi. Shuningdek, u shu avtobusning o‘zida konduktor bo‘lib ishlagani ma’lum bo‘ldi.
Ayni paytda ish tergov qilinmoqda.
Izoh (0)