Asosiy kriptovalyuta qiymati navbatdagi psixologik chegaradan o‘tdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
26-noyabr kuni bitkoin kursi 9 ming dollardan oshdi. Ma’lumotlar Coinmarketcap tahliliy servisi tomonidan keltirildi.
Ayni paytda Janubiy Koreyaning yirik birjalarida quyidagi narxlar belgilandi: Bithumb — 9390 dollar, Coinone — 9335 dollar.
“Raqamli oltin”ning joriy kapitalizatsiyasi 150 milliard dollarni, ustunlik indeksi 53,3 foizni tashkil etmoqda.
Kriptovalyutalar bozorining umumiy kapitalizatsiyasi 284 milliard dollarga teng bo‘lib turibdi.
Izoh (0)