Muqaddam O‘zbekistonda Hyundai avtomobillari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingan edi. Bu boradagi anglashuv memorandumi Seulda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Azim Ahmadxo‘jayev va Evergreen Motors (KIA va Hyundai’ning MDHdagi rasmiy distribyutori) prezidenti Edvard Kim o‘rtasida imzolandi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Loyiha 200 million dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari hisobidan amalga oshiriladi.
Aniqlashtirilishicha, tomonlar bozordagi vaziyatni o‘rganib chiqadi, shundan so‘ng konkret model qatori belgilanadi. Kompaniya suyultirilgan gazda yuruvchi ekologik transport vositalarini ishlab chiqarishga qiziqish bildirmoqda.
Izoh (0)