Falastin rasmiylari AQSh Davlat departamenti Falastin ozodlik tashkilotining (FOT) Vashingtondagi vakolatxonasi faoliyatini to‘xtatib qo‘yganidan so‘ng AQSh bilan barcha aloqalarni muzlatishga qaror qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
FOT vakili Falastin yetakchisi Mahmud Abbosdan “amerikaliklar bilan barcha aloqa kanallarini yopish” haqida ko‘rsatma olganini bildirdi.
Oldinroq Falastin rasmiylari AQShni FOT vakolatxonasi yopilishi tufayli o‘zaro aloqalarga barham berilishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.
Izoh (0)