Toshkentning Yashnobod tumanida Lacetti avtomobili ishtirokida ro‘y bergan YTHda ikki kishi, shu jumladan, mashina haydovchisi jabrlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
Aytilishicha, 19-noyabr kuni 05:00 larda Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan “Azimov” XK do‘koni qarshisida 1990-yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyodani urib yuborgan. Shundan so‘ng rul boshqaruvini yo‘qotib, do‘konning devoriga urilgan.
YTH oqibatida 1988-yilda tug‘ilgan piyoda “o‘ng boldir suyagining sinishi” tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.
Haydovchi “bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi” tashxisi bilan TTA-2 ga olib borilgan.
Izoh (0)