Pentagon Argentinaning g‘oyib bo‘lgan San Juan suv osti kemasini qidirish bo‘yicha operatsiyadagi ishtirokini kengaytirishga qaror qildi, deb yozadi “RBK”.
Argentinalik dengizchilarga yordam sifatida Amerika floti bitta Bluefin 12D (Deep) va uchta IWU 580 uchuvchisiz qurilmalarini yubordi.
Shuningdek, suv osti kemasini qidirish bo‘yicha operatsiyada qatnashish uchun Janubiy Atlantikaga Boeing P-8 Poseidon patrul samolyoti yuborildi.
Avvalroq AQSh Argentinaga dengizchilarni katta chuqurliklardan evakuatsiya qilishga mo‘ljallangan ikkita chuqur suv osti qurilmasini yuborgan edi.
Bortida 44 nafar argentinalik dengizchi bo‘lgan San Juan suv osti kemasi 15-noyabr kuni aloqaga chiqmay qo‘ygandi. Uni qidirish ishlari Janubiy Atlantika suvlarida olib borilmoqda.
Izoh (0)