Italiya politsiyasi maxsus operatsiya davomida “Lo Russo” mafiya avlodining 40 dan ortiq a’zosini qo‘lga oldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Kammoraning (Neapoldagi jinoiy guruh) 43 a’zosi jinoiy to‘da tuzish, chetdan narkotik olib kirish va taqiqlangan preparatlar sotish, shuningdek, noqonuniy qurol saqlashda ayblanmoqda.
Guruhga tegishli qurol-yarog‘ — Kalashnikov avtomati, beshta miltiq, oltita to‘pponcha, o‘q-dori va bronejiletlar musodara etildi.
Izoh (0)