Germaniya Erkin demokratik partiyasi yangi Bundestagda hukmron koalitsiya tuzish haqidagi muzokaralarni to‘xtatdi. Ular Angela Merkelning XDS/XSS bloki va “Yashillar” bilan birga “Yamayka” koalitsiyasining bir qismiga aylanishi kerak edi, deya xabar beradi Meduza.
“Mamlakatni yomon boshqargandan ko‘ra umuman boshqarmagan ma’qul”, — dedi Erkin demokratlar yetakchisi Kristian Lindner.
Muzokaralardagi kelishmovchiliklarning asosiy sabablari sifatida soliq islohoti, immigratsiya siyosati (Merkel muhojirlar qabul qilishni qisqartirishni taklif etmoqda) va atrof-muhit muhofazasi mavzulari ekanligi bildirilmoqda.
Endi voqealar rivojining ikki varianti ko‘rib chiqilmoqda: Merkel muxolifat partiyalar ovozlarini to‘plab, kamchilik koalitsiyasini shakllantirishi mumkin yoki Bundestagga qayta saylov e’lon qilinadi.
Izoh (0)