Britaniyadagi har bir oila mamlakatning Yevropa Ittifoqidan (Brexit) chiqishi uchun o‘tkazilgan referendumdan so‘ng, yiliga 404 funt sterling (534 dollar) yo‘qotmoqda. Bu haqda London iqtisodiyot maktabining iqtisodiy ko‘rsatkichlar Markazi tomonidan e’lon qilingan tadqiqot natijalariga tayanib “TASS” xabar berdi.
“Referendum natijalari asosida o‘tkazilgan bu turdagi birinchi statistik tahlilga ko‘ra, referendum inflyatsiyaga, real ish haqiga va Buyuk Britaniya aholisining hayot darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Narxlar oshganligi sabab Brexit mamlakatdagi uy xo‘jaliklariga haftasiga o‘rtacha 7,74 funt sterlingga (10,23 dollar), yiliga esa 404 funt sterlingga (534 dollar) tushmoqda”, — deyiladi hisobotda.
Markaz mutaxassislarining hisob-kitoblarida keltirilishicha, narxlar oshganligi sabab har bir ishchi bir yilda ichida bir hafta davomida ishlab topgan maoshini yo‘qotmoqda. Shu bilan birga, narxlarning o‘sishi importning ulushi yuqori bo‘lgan tovarlar guruhlari bo‘yicha kuzatilmoqda: non va un, sut mahsulotlari, qahva, choy, kakao, vino, pivo, mebel, zargarlik buyumlari va soatlar.
Inflyatsiya darajasining oshishidan ko‘proq Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiya zarar ko‘rdi, narxlar ko‘tarilishining eng past ko‘rsatkichi Londonda kuzatilgan.
Izoh (0)