Shimoliy Koreya rasmiylari AQSh bilan urushda g‘alaba qozonishiga shubha qilmaydi. Bu haqda KXDRning Tailanddagi elchisi Mun Son Mo The Nation nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Bizda hozir vodorod bombasi bor. Agar urush boshlansa, jangga tayyormiz va shubhasiz, Qo‘shma Shtatlarni mag‘lub qilamiz”, — dedi Shimoliy Koreya diplomati.
Shu bilan birga, Mun Son Mo KXDR urushni boshlashni istamasligi, biroq AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralar olib borish imkoniyatini ko‘rmayotganligini bildirdi.
“BMTdagi chiqishi chog‘ida Shimoliy Koreyani butkul yo‘q qilishi mumkinligini ma’lum qilgan odam bilan qanday muzokaralar olib borish mumkin? Bu Tramp Shimoliy Koreyaning 25 million aholisini o‘ldirmoqchi bo‘lganini anglatadi”, — ta’kidladi Mun Son Mo.
Izoh (0)