Ukrainaning muxolif “Yangi kuchlar ruhi” partiyasi yetakchisi, Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili mamlakat bosh vaziri bo‘lishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Oldinroq u hech qanday mansablar kerak emasligini bir necha bor ta’kidlagan edi.
“Ukraina yangi hokimiyatga, yangi hukumatga muhtoj. Biz birga yangi hukumat tuzishimiz lozim. Men sizlar bilan birga bu ishni qilishga tayyorman... Men siz bilan birga bu jarayonga boshchilik qilishga tayyorman, agar kerak bo‘lsa, men bu hukumatga boshchilik qilishga tayyorman”, — dedi u Oliy Rada binosi oldida qilgan chiqishida.
Izoh (0)