O‘zbekiston Prezidentining “Prokuratura organlari axborot-tahlil faoliyati samaradorligini yanada oshirish choralari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, Bosh prokuratura huzurida mustaqil yuridik shaxs maqomidagi Axborot-tahlil multimedia markazi tashkil etiladi.
Markaz efir va internet tarmog‘iga audio va videoroliklar, radioeshittirish va teleko‘rsatuvlar, voqea joyidan reportajlar tayyorlash bilan shug‘ullanadi.
Bu aholini jamoatchilik qiziqishiga sabab bo‘layotgan voqea-hodisalar bilan tezkor tanishtirib borish maqsadida amalga oshirilayotgani bildirilmoqda.
Izoh (0)