Bitfinex birjasi ma’lumotlariga qaraganda, 17-noyabrga o‘tar tunda bitkoin kursi yangi tarixiy maksimumga — 8 ming dollarga yetdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Birozdan so‘ng kriptovalyuta qiymati tushib ketib, 7852 ming dollarni tashkil qildi.
Noyabr oyining boshida eng mashhur kriptovalyuta kursi tarixda birinchi marta 7 ming dollardan oshdi. Jahondagi eng yirik fyuchers birjalari operatori — CME Group yil oxiriga qadar kriptovalyutalar sotuvlarini boshlashi haqidagi ma’lumotlar bunday ko‘tarilishga sabab bo‘ldi.
Izoh (0)