Janubiy Koreyaning janubi-sharqiy qismida 5,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Uning oqibatlari aks etgan fotoreportaj “RBK” tomonidan taqdim etildi.
Zilzila Pxoxan shahri yaqinida 9 kilometr chuqurlikda ro‘y berdi. Silkinishlar Janubiy Koreyaning katta qismida, shu jumladan, poytaxt Seulda ham sezildi.
Zilziladan so‘ng bir necha aftershok qayd qilindi, ammo ulardan hech birining magnitudasi 3,6 dan oshmadi.
Voqea joyida olingan foto va videomateriallarda buzilgan devorlar va o‘z uylarini shoshilinch tark etayotgan odamlarni ko‘rish mumkin.
Mahalliy matbuotga ko‘ra, 15 ga yaqin bino zarar ko‘rgan, shuningdek, to‘rt kishi jabrlangan.
Janubiy Koreyaning Korea Hydro & Nuclear Power energetik kompaniyasi uning Kyonju shahrida joylashgan reaktorlari uzulishsiz ishlayotganini bildirdi.
Izoh (0)