AQSh harbiy inspektorlarining Ukraina rasmiylari tomonidan e’lon qilingan Qrimga tashrifi amalga oshmaydi. Bu haqda Qrim hukumati raisi o‘rinbosari Georgiy Muradov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Bu alahsirashdan bo‘lak narsa emas. Albatta, hech kim kelmagan va kelmaydi ham. Qrimni tomosha qilmoqchi bo‘lganlar esa Rossiya hududidan o‘tishi mumkin, eshiklarimiz doim ochiq”, — dedi Muradov.
Oldinroq Ukrina qurolli kuchlari bosh shtabi 13-noyabrda mamlakatga AQSh inspeksiya guruhi kelishi va markaziy hamda janubi-sharqiy mintaqalar, jumladan, Donbass va Qrimni “tekshirishi” haqida axborot bergan edi.
Izoh (0)