• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Robert Mugabe — uy qamog‘ida, uning xotini esa qochdi. Zimbabveda hokimiyatni harbiylar qo‘lga oldi

    15-noyabr tongida Zimbabve armiyasi qo‘mondonligi mamlakat poytaxti Xararega harbiy texnika kiritdi va 93 yoshli prezident Robert Mugabeni uy qamog‘ida qoldirdi. Generallar mamlakat yetakchisining xavfsizligi ta’minlanishiga kafolat berib, ularning harakatini “harbiy to‘ntarish” sifatida baholamaslikni so‘radi. Mugabe 30 yil davomida Zimbabve diktatori bo‘ldi, mamlakatni yillik bir necha million foiz hisobida o‘lchanadigan giperinflyatsiya girdobida qoldirdi, biroq harbiylar prezidentga tegmasliklarini, faqat “uning atrofidagi jinoyatchilar”ga chora ko‘rish istagida ekanini bildirdi. Ayni vaqtda, ular prezident kursisida Mugabeni uning xotini — Greys almashtirishiga ham qarshi chiqmoqda, deb yozadi Meduza.

    Zimbabve poytaxti Xarare ko‘chalaridagi harbiy texnika. 2017-yil, 15-noyabr.

    Zimbabve poytaxti Xarare ko‘chalaridagi harbiy texnika. 2017-yil, 15-noyabr.
    Foto: Meduza

    “Biz shuni anglatishni istardikki, bu harbiy to‘ntarish emas”, — dedi Zimbabve armiyasi generali Sibusiso Moyo 15-noyabr kuni milliy televideniye orqali chiqish qilarkan. Uning ta’kidlashicha, armiya Robert Mugabe atrofidagi “jinoyatchilar” bilan hisob-kitob qilmoqchi, biroq prezidentni ag‘darmoqchi emas. Generalning so‘zlariga ko‘ra, prezident “xavfdan to‘liq xoli”.

    Robert Mugabe 31 yildan beri hukmronlik qilayotgan Zimbabvedagi siyosiy inqiroz o‘tgan hafta — mamlakat vitse-prezidenti Emmerson Mnangagvaning iste’foga chiqarilishi va uning mamlakatda hukmron “Zimbabve Afrika milliy ittifoqi — Vatanparvarlik fronti” partiyasidan chetlatilishi bilan o‘z cho‘qqisiga chiqdi.

    Prezident Mugabe ishdan olingan Mnangagvani hokimiyatni, xususan, jodugarlik yo‘li bilan egallab olish maqsadida fitna uyushtirishda aybladi. Vitse-prezident Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)ga qochib ketdi va o‘sha yerdan turib, uning hayotiga tahdid qilishgani haqida bayonot berdi.

    Emmerson Mnangagva, xuddi Mugabe kabi, Zimbabvening 1970-yillardagi Buyuk Britaniyaga qarshi mustaqillik urushi faxriylaridan. Vitse-prezident etib tayinlanguniga qadar bir necha vazirliklarga rahbarlik qilgan va siyosiy shafqatsizligi sabab Timsoh laqabini olgan. Mnangagvani armiya qo‘llab-quvvatlar va u Mugabening ehtimoliy merosxo‘ri sifatida ko‘rilardi. Ikkinchi voris deb Mugabening xotini — Greys Mugabe atalardi, shu sababli ham Mnangagvaning haydalishi Greys uchun “yo‘lni tozalash” sifatida baholandi.

    Emmerson Mnangagva (chapda) va Robert Mugabe. 2017-yil, 27-fevral.

    Emmerson Mnangagva (chapda) va Robert Mugabe. 2017-yil, 27-fevral.
    Foto: Meduza

    Biroq harbiylar voqealarning bunday rivojiga qarshi chiqdi. 13-noyabr, dushanba kuni Zimbabve qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni general Konstantino Chivenga bayonot bilan chiqib, hukmron partiya tarkibida aksariyati “mustaqillik uchun kurash” ishtirokchilari bo‘lgan o‘z fikrdoshlariga qarshi tozalashlar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qildi. Chivenga ogohlantirdi: “Ish bizning inqilobimizga daxl qilsa, harbiylar ikkilanib o‘tirmaydi”.

    Prezident generalning ogohlantirishiga javob bermadi, poytaxt Xarare ko‘chalarida va ijtimoiy tarmoqlarda harbiylar to‘ntarishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida mish-mishlar tarqala boshladi. Xorijiy elchixonalar, jumladan, AQSH va Buyuk Britaniya diplomatik missiyalari Zimbabvedagi o‘z fuqarolaridan, mamlakatdagi noaniq siyosiy vaziyat tufayli, yuqori darajada ehtiyotkor bo‘lishni so‘radi.

    15-noyabrga o‘tar oqshom Xarareda og‘ir harbiy texnika paydo bo‘ldi. Poytaxt markazida, AP News axborotiga ko‘ra, kamida uchta portlash ovozi jarangladi. Prezident va amaldorlar istiqomat qiladigan shimoliy tumanlardan otishma ovozlari eshitildi. Chorshanba tongida poytaxtdagi vaziyat nisbatan sokin edi, deydi The New York Times’ning Xararedagi muxbiri. Harbiylar hukumat binolariga olib boruvchi yo‘llarni yopib qo‘ygandi.

    Ko‘rinishidan, Zimbabvedagi hokimiyat almashinuvi qon to‘kishlarsiz yuz berdi: halok bo‘lganlar va yaralanganlar haqida axborot yo‘q. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Zimbabve moliya vaziri va Greys Mugabening yaqin safdoshi hisoblangan Ignatius Chombo qo‘lga olingan. Mamlakat rahbari esa uy qamog‘ida. JAR prezidenti Jeykob Zuma Mugabe bilan gaplashgani va unda “hammasi joyida” ekanini ma’lum qildi.

    Jahon jamoatchiligi ushbu to‘ntarishga, boz ustiga, Robert Mugabening ahvolidan kelib chiqib, qanday baho berishi hozircha noma’lum. G‘arbda uni diktator deb hisoblashadi, biroq Afrikada uning yonini oladiganlar hali ko‘p. Zimbabvening bosh savdo hamkori Xitoy esa yuz bergan voqeani “mamlakatning ichki ishi” deb atadi.

    Bu — 93 yoshli Robert Mugabe hukmronligi davrida prezident va armiya o‘rtasida yuzaga kelgan ilk ziddiyat. Armiya doimo Mugabe 1980-yili, Zimbabve Buyuk Britaniyadan mustaqil bo‘lishi bilan o‘rnatgan tuzumning tayanchi bo‘lib kelgan (Mugabe birinchi marta 1987-yili prezident etib saylangan, ungacha mamlakatni bosh vazir sifatida boshqargan).

    Mugabe hokimiyat tepasiga kelgan vaqtda Zimbabve Afrika mamlakatlari orasida eng kuchli iqtisodiyotlardan biriga egalik qilar edi. Hozir esa mamlakat jahonning eng qashshoq 30 mamlakati qatorida. Nolinchi yillarda Zimbabveda kuchli iqtisodiy inqiroz boshlanib, 2008-yilda o‘z cho‘qqisiga chiqdi — mamlakat yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi 18 foizga qisqarib, inflyatsiya darajasi 231 million foizga yetdi. Endi iqtisodiyotchilar yangi inqiroz yuz berishidan xavotirda: 2017-yil sentabr oyi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi inflyatsiya ko‘rsatkichlari yillik 243 foizga yetgan.

    Robert Mugabe xotini Greys bilan. 2017-yil, 18-aprel.

    Robert Mugabe xotini Greys bilan. 2017-yil, 18-aprel.
    Foto: Meduza

    Iqtisodiy muammolar Mugabening hokimiyat tepasida qolishiga xalal bermadi, u 2018-yilgi saylovda qayta saylanishni rejalashtirgan edi. Mugabe hozirning o‘zida ham jahondagi eng keksa prezident hisoblanadi; qayd etish joiz, 2017-yil boshida Greys Mugabe uning eri qayta saylanishiga “hatto o‘lim ham xalal bera olmasligi”ni ta’kidlagan edi. “Vaqt-soati kelib, Parvardigor Mugabening jonini olsa, biz uning murdasini nomzod sifatida qo‘yamiz. Ko‘rasiz, odamlar shunda ham unga ovoz beradi”, — degandi u.

    Greys Mugabe eridan 41 yoshga kichik, u birinchi xonim sifatida uzoq vaqt xayriya ishlari bilan shug‘ullangan. Bundan tashqari, u isrofgarchiligi bilan ham tanilgan; shu bois, laqabi — “Gucci Greys”. U ikki yil avval — Mugabening salomatligi yomonlashib, prezidentning eski qadrdonlari uning iqtisodiy siyosatini tanqid qilishni boshlaganidan so‘ng — mustaqil siyosiy faoliyatga kirishgan edi.

    Hokimiyatni harbiylar egallab olganidan so‘ng, Greys Mugabe mamlakatdan qochishga muvaffaq bo‘lgani aytilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, u Namibiyaga yo‘l olgan.

    15.11.2017, 22:30   Izoh (0)   16403
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoy KXDRga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishda faqat BMT rezolyutsiyalarini tan olishini bildirdi

    15.11.2017, 18:26

    Qrimga AQSh inspektorlari kiritilmasligi ma’lum qilindi

    15.11.2017, 18:07

    Airbus 49,5 millard dollar evaziga 430 ta samolyot yetkazib berish bo‘yicha bitimlar paketini imzoladi

    15.11.2017, 17:26

    Belarusda IShID tarafdori 12 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi

    15.11.2017, 17:12

    “Vagner” qo‘mondoni “Putinning oshpazi”ga tegishli restoran biznesining rahbariga aylandi

    15.11.2017, 16:36

    Mehribon Aliyeva Parijda Ozarbayjon poytaxtini Expo 2025 ko‘rgazmasini o‘tkazishga nomzod shahar sifatida taqdim etdi 

    15.11.2017, 15:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Xoh Rossiya bilan, xoh Rossiyasiz” Eron AQSH qo‘llovidagi Zangizor koridoriga qarshi chiqishini ma’lum qildi

    Dunyo | 10 avgust, 12:15

    O‘zbekistonda hafta boshida harorat yana ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 11:45

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Manchester Siti” “Palermo”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Husanov bir taym o‘ynadi (video)

    Sport | 10 avgust, 11:44

    O‘zbekistonda umraga yuboruvchilar bo‘yicha “Sirli mijoz” yashirin nazorat tadbirlari o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 11:20

    Muhammad Saloh “falastinlik Pele” o‘limi tafsilotlarini aytmagani uchun UEFAni tanqid qildi

    Dunyo | 10 avgust, 10:44

    Bolgariyada cho‘kayotgan qizni qutqarmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik yigit halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 09:31

    O‘zbekistonda malakasini oshirmoqchi bo‘lganlarga “kasb vaucheri” beriladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 08:52

    Yerdan 4 yarim yorug‘lik yili uzoqligida yangi sayyora va yulduz aniqlandi

    Dunyo | 10 avgust, 00:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.