Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda hukumat trassasida (Ch. Aytmatov shoh ko‘chasi) ikkita jip to‘qnashib ketdi, ulardan biri davlatning oliy mansabdor shaxslariga hamrohlik qilayotgan edi, deb yozadi K-News huquq-tartibot organlariga tayanib.
Aniqlik kiritilishicha, YTH 16-noyabr, payshanba kuni 08:20 (Toshkent vaqti bilan 07:20) atrofida yuz bergan.
“Land Cruiser Prado va Chevrolet Suburban rusumidagi ikkita yo‘ltanlamas to‘qnashib ketgan, jiplardan biri davlatning birinchi shaxslariga hamrohlik qilayotgan bo‘lgan. Jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q”, — dedi huquq-tartibot organlari vakili.
Izoh (0)