BMTdagi Avstraliya missiyasining 30 yoshli xodimi Julian Simpson Nyu-Yorkda balkondan qulab halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda ABS telekanali. Shahar politsiyasi ma’lum qilishicha, diplomat do‘stlari bilan ichib olgach, “ishonch” o‘yinini o‘ynagan.
Hodisa Simpson Manxettendagi uyning yettinchi qavatida rafiqasi va do‘stlari bilan o‘tirgan vaqtda yuz bergan.
Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbul voqeani “fojia” deb atadi. Tashqi ishlar vairi Jili Bishop o‘z xodimining o‘limidan qayg‘uda ekanligini aytdi.
Simpson Nyu-Yorkda missiya tarkibida ikki yil ishlagan.
Izoh (0)