Mahmud Sodiqov Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vaziri etib tayinlandi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda.
Mahmud Sodiqov 2016-yilning 13-oktabr kuni moliya vaziri lavozimini tark etib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
U ish faoliyati davomida Amudaryo tumani moliya bo‘limining budjet bo‘limi iqtisodchisi, Amudaryo tumani moliya bo‘limining budjet bo‘limi boshlig’i va Amudaryo tumani moliya bo‘limi mudiri lavozimlarida ham ishlagan.
Izoh (0)