Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan 32 uy foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
32 oilaga mo‘ljallangan ikkita 2 qavatli uy “Javohir Farhod hamkor servis” xususiy korxonasi quruvchilari tomonidan bunyod etildi.
“Yangilangan loyihalar asosida barpo etilgan 2 xonali uylardan biriga ega bo‘lganimdan xursandman. Uyimizda barcha qulaylik mujassam. Tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi, isitish tizimi bekamu ko‘st ishlamoqda”, — deydi Nargiza Esonboyeva.
Xabar berishlaricha, Mirzaobod tumani hokimligi tomonidan uy to‘yiga atab dasturxon yozilgan.
Izoh (0)