Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birgalikda mamlakatlar o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolanishi yo‘lida harakat qilish niyatida ekanligini tasdiqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Yaponiya Rossiya nazorati ostidagi Janubiy Kuril orollari — Kunashir, Shikotan, Iturup va Xabomai orollariga da’vo qilib keladi. Tinchlik kelishuvi imzolanishi haqida gapirar ekan, Yaponiya aynan shu orollar masalasining hal etilishini nazarda tutmoqda.
Rossiyaning pozitsiyasiga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi yakunlariga ko‘ra SSSR tarkibiga kirgan bu orollar xalqaro huquqiy me’yorlar bo‘yicha shubhaga olinishi mumkin emas.
“To‘rt orol masalasini hal qilish va tinchlik kelishuvini imzolash uchun biz bu katta yo‘lda prezident Putin bilan o‘zaro ishonchga qurilgan munosabatlar asosida qadamma-qadam bir-birimiz tomon boramiz”, — dedi Sindzo Abe Manilada uyushtirilgan matbuot anjumanida.
Izoh (0)