Qoraqalpog‘iston Respublikasida qish mavsumida elektr energiyasi ta’minotida yuz beradigan muammolar mahallalar kesimida o‘rganilib, kamchiliklar bartaraf etilmoqda, deya xabar bermoqda “KRuz.uz”.
Jumladan, Taxiatosh tumanida ana shunday choralar ko‘rilib, bunga qo‘shimcha sifatida yo‘llar ham ta’mirlanmoqda.
Shavkat Mirziyoyev 2-oktabr kuni aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish, ko‘p qavatli uy-joylar, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarining holati tahliliga bag‘ishlab o‘tkazgan yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik dasturlari ijrosini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish, rejalashtirilgan chora-tadbirlarni manzilli va maqsadli amalga oshirish zarurligini ta’kidlagan edi.
Qish mavsumiga to‘liq tayyorgarlik ko‘rish va uni betalafot o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston bo‘yicha mahallalar kesimida 5-oktabrdan 15-dekabrgacha “70 kunlik favqulodda holat” e’lon qilingan. Prezident Devoni mas’ul xodimlari, vazirlik va idoralar mutasaddilari ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida qishga tayyorgarlik jarayonini har tomonlama chuqur tekshirmoqda.
Izoh (0)