Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga Po‘lat Allamuratov tayinlandi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda.
Po‘lat Allamuratov 2016-yildan buyon “Mikrokreditbank” ATB Xo‘jayli filiali boshqaruvchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, Po‘lat Allamuratov Nukus shahrida omborxona mudiri, do‘kon mudiri, do‘kon ekspeditori, “Ipak yo‘li” gazetasi mutaxassisi, “Paxtabank”, “Agrobank” va “Mikrokreditbank”da turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Izoh (0)