Tudor markasiga mansub, bronza korpusli, Only Watch xayriya auksioni uchun yagona nusxada chiqarilgan soat boshlang‘ich narxidan 100 barobar qimmatiga sotildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Shveysariyaning xronometrlarni sertifikatlash instituti (COCS) sertifikatiga ega MT5601-LHD mexanizmi bilan jihozlangan Tudor Black Bay Bronze One modeli uchun 3,5-4,5 ming frank atrofida narx belgilandi.
Yakunda u 350 ming frankka (352 ming dollar) ketdi.
Only Watch auksioni ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Uning uchun soatlar yagona nusxada tayyorlanadi va kolleksiyaga qiymatiga ega.
Izoh (0)