Qo‘shiqchi va model Olga Buzova Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning qizi — Ayshatning “Tog‘ marvaridi” deb nomlangan liboslar to‘plami namoyishiga tashrif buyurdi, deb yozadi Photoshedevr.
Namoyishdan keyin qo‘shiqchi jurnalistlarga intervyu berarkan, ijobiy taassurot qoldirishga qanchalik urinmasin, biroz “yanglishib ketdi”, deyiladi xabarda. U Rossiya chegaralarini yaxshi bilmaydigan bo‘lib chiqdi. “Boshqa mamlakatga kelganingda, uning an’analarini hurmat qilishing kerak”, — dedi Buzova Checheniston Respublikasini nazarda tutib.
Olga, shuningdek, musulmon “davlati”ga tashrif buyurgan vaqtida doimo boshiga ro‘mol o‘rashini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)