Xitoylik Kvong Vo Pa aviakompaniyalardan birini qariyb bir yil davomida aldashga muvaffaq bo‘ldi. Erkak biznes-klass uchun chipta sotib olgan va to‘langan pulni chiqarib olish uchun qariyb bir yil ana shu chiptadan foydalanib, bepul ovqatlangan. Bu haqda TravelAsk xabar berdi.
Kvong Va Po deyarli har kuni China Eastern Airlines kompaniyasi samolyotiga chiqqan, o‘z joyini egallagan va unga parvozdan oldingi mazali taom keltirilgan. Ovqatni yeb bo‘lgach, Kvong Va Po shoshilinch ravishda samolyotni tark etgan va parvozni bekor qilgan. Keyin esa u chiptani boshqa reysga rasmiylashtirgan. Keyingi kuni yana samolyotga chiqib, o‘z qilig‘ini takrorlagan.
Uch yuzta tushlikdan so‘ng aviakompaniya xodimlari uddaburondan shubhalana boshlagan. Xodimlar nima uchun Kvong Va Po bunchalik tez-tez parvozlarni ko‘chirishini tushunish maqsadida tekshiruv o‘tkazishga qaror qilgan. Shu yerda ham xitoylik erkak o‘z foydasidan quruq qolmagan: u shunchaki chiptani qaytarib topshirgan va uning uchun to‘langan pulni to‘laligicha qaytarib olgan.
Izoh (0)