O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eronning Kirmonshoh va Ilom viloyatlarida kuchli zilzila oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Eron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniyga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda 12-noyabr, yakshanba kuni sodir bo‘lgan 7,8 magnitudali zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 211 kishiga yetgan, 70 mingga yaqin eronlik boshpanasiz qolgan.