O‘zbekiston musulmonlari idorasi joylarda hokimiyatlar bilan birga Qur’onni va arab tilini o‘rganish bo‘yicha pulli kurslarni ochadi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Kurslar O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlari qoshida ochiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasining tegishli buyrug‘i 13-noyabr kuni imzolandi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, kurslar 1-dekabrdan boshlanib, olti oy davom etadi. Ta’lim olish narxi — 1500000 so‘m.
Bundan tashqari, bitta guruhda tahsil oluvchilar soni 15 kishidan oshmasligi belgilandi. Guruhlar ko‘pi bilan to‘rttagacha tashkil etilishi mumkin.
Izoh (0)