Oktabr oyida O‘zbekiston aholisi tomonidan “Yandeks”da eng ko‘p izlangan smartfon yangi iPhone X bo‘ldi. Bu haqda “Yandeks” ma’lumotlariga tayanib, “Mobinfo” xabar berdi.
Ikkinchi o‘rinni Xiaomi Redmi 4X egallagan. Shuningdek, smartfon O‘zbekistonda 2017-yildagi eng xaridorgir smartfonga ham aylangan. Shuningdek, iPhone’ning eski talqinlariga ham so‘rov oshgan.
O‘zbekistonliklar tomonidan oktabr oyida “Yandeks”da eng ko‘p izlangan smartfonlar o‘ntaligi quyidagicha ko‘rinishda:
iPhone X
Xiaomi Redmi 4X
iPhone 8
Samsung Galaxy S8
iPhone 7
iPhone 6
Samsung Galaxy S7
Samsung Galaxy J5
iPhone 5s
iPhone 5
Izoh (0)