12-noyabr, yakshanba kuni tunda Eronning Iroq bilan chegarasi yaqinida yuz bergan zilzila oqibatida 300 dan ortiq kishi halok bo‘ldi.

Foto: Tasnim

Foto: Tasnim

Qurbonlar va vayronagarchiliklarning asosiy qismi Eronning Kirmonshoh hamda Ilom viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Foto: Tasnim

Foto: Tasnim

Mehr News ma’lumotlariga ko‘ra, Kirmonshoh viloyatida tongga yaqin elektr energiyasi uzatish va telefon aloqasini qisman tiklashga muvaffaq bo‘lindi.

Foto: Tasnim

Foto: Tasnim

Bir qator tumanlarda suv yetkazib berishda uzilishlar yuz bermoqda.

Foto: Tasnim

Foto: Tasnim

Fuqaro mudofaasi kuchlari vakilining so‘zlariga ko‘ra, viloyatda 7 ming kishiga mo‘ljallangan dala gospitallari tashkil etildi.

Foto: Tasnim

Foto: Tasnim

Mahalliy rasmiylar adyol, oziq-ovqat mahsulotlari va donorlik qoniga ehtiyoj borligini ta’kidlamoqda.

Foto: Tasnim

Foto: Tasnim

Eng ko‘p qurbonlar va vayronagarchiliklar qayd qilingan Sarpol-e-Zaxab shahridagi shifoxona jabrlanuvchilarni qabul qila olmayapti, shu sababli ularni armiya vertolyotlarida boshqa shaharlarga, jumladan Tehronga jo‘natishmoqda.

Foto: Tasnim

Foto: Tasnim

Odamlar o‘tgan tunni ko‘chada gulxan yoqib o‘tkazdi. Tunda termometr ko‘rsatkichi deyarli 0 darajagacha tushib ketdi, tongda harorat 12 darajagacha ko‘tarildi.

Foto: Tasnim

Foto: Reuters

Yevropa — O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 7,2 va 7,3 magnitudali ikkita yerosti silkinishi qayd etildi. Zilzila epitsentri Sarpol-e-Zaxabdan 32 km shimolda, uning o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashdi.

Foto: Tasnim

Foto: Tasnim

Tunda 4,9 magnitudagacha bo‘lgan takroriy silkinishlar qayd etildi, ularning umumiy soni 20 taga yetdi.

Foto: Tasnim

Foto: Tasnim

Foto: Tasnim

Foto: Tasnim

Foto: Tasnim

Foto: Reuters

Foto: Reuters