12-noyabr, yakshanba kuni kechasi Eron va Iroq chegarasida sodir bo‘lgan yerosti silkinishlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 328 kishidan ortdi. Bu haqda Al Mayadeen telekanaliga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: AP

Qurbonlarning asosiy qismi Eronning Kirmonshoh hamda Ilom viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda. 7,2 magnitudali zilzilaning asosiy ta’siri aynan shu viloyatlarga to‘g‘ri kelgan.

Avvalroq, yerosti silkinishi oqibatida 70 mingga yaqin eronlik boshpanasiz qolgani va vaqtinchalik uy-joyga muhtoj ekanligi haqida xabar berilgandi.