AQSh prezidenti Donald Trampning Twitter’dagi sahifasiga obuna bo‘lganlarning ko‘pchilik qismi real insonlar bo‘lmay, bot ekanligi aniqlandi. Bu haqda, TwitterAudit ma’lumotlariga asoslanib, “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Hozir prezidentning 42,5 million obunachisi bor. Oxirgi bir yil ichida sahifa auditoriyasi 225 foizga ko‘paydi. U ijtimoiy tarmoqda mashhurlik bo‘yicha 21-o‘rinni egallab turibdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu miqdorning 53 foizini aslida botlar tashkil etadi. Ya’ni, real insonlar Tramp auditoriyasining nisbatan kamroq qismidir.
Shunga qaramay, Trampning sahifasi siyosiy raqiblari, shu jumladan, Hillari Klintonning sahifasidan ko‘ra mashhurroq bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, u Milliy futbol ligasi hamda New York Times gazetasi sahifalarini ortda qoldirib ketdi.
Prognozlarga ko‘ra, o‘n yildan so‘ng Trampning sahifasi 297 million obunachiga ega bo‘lib, Obamadan o‘zib ketadi. Ayni paytda Obamada 97 million obunachi bor, o‘n yildan so‘ng bu ko‘rsatkich 218 million kishiga yetadi.
Izoh (0)