Saudiyalik badavlat insonlar mintaqadan aktivlarini olib chiqish yo‘llarini qidirmoqda. Bu haqda, Bloomberg agentligiga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Agentlik suhbatdoshining bildirishicha, katta miqdordagi boylik egalari ularning aktivlari korrupsiyaga qarshi kampaniya doirasida davlat hisobiga o‘tib ketishi mumkinligidan cho‘chimoqda.
Aktivlarni Saudiyadan va mintaqaning boshqa davlatlaridan olib chiqib ketish yo‘llari banklar, kompaniya boshqaruvchilari va moliyaviy maslahatchilar tomonidan muhokama qilinmoqda. Bu muzokaralarning tafsilotlari hozircha ma’lum emas.
O‘z navbatida, Bloomberg agentligiga intervyu bergan ekspertlar Saudiya Markaziy banki butun dunyo banklari bilan yaxshi aloqa o‘rnatgani, aktivlar harakatini kuzata olishini aytib, kapitalni mamlakatdan chiqarib ketish oson bo‘lmasligini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)