Shamshad TV telekompaniyasining Kobuldagi ofisiga uyushtirilgan hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ilgari telekompaniya ofisi joylashgan hududda otishma sodir bo‘lgani xabar qilingan edi. Endi aniqlashtirilishicha, hujum oqibatida ikki kishi qurbon bo‘lgan.
Ayni paytda hujum qaytarildi, telestansiya ishlashda davom etmoqda.
Shamshad TV direktori Obid Ehsos Tolo News telekanaliga bergan intervyusida xodimlar kabinetlarida ishlayotgan chog‘da jinoyatchilar politsiya formasida kirib kelganini xabar qildi.
“Ular qo‘riqchilar tomonga granatalar tashladi, so‘ng yangilik kabinetlarini qamalga oldi, yo‘llaridan chiqqan odamlarga qarata o‘q uza boshladi”, — dedi u.
Uning so‘zlariga qaraganda, personalning katta qismi derazalardan sakrab qochgani tufayli omon qolgan.
Izoh (0)