Turkiya AQSh misoliga amal qilib, ushbu mamlakat hududida noimmigratsion vizalar berilishini qaytadan yo‘lga qo‘yishi mumkin. Bu haqda, Turkiyaning Milliyet gazetasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
4-oktabr kuni ikki fuqarolikka ega AQSh elchixonasi xodimi Metin To‘puzning hibsga olinishi bois ikki davlatning aloqalari buzilgan hamda vizalar berish jarayoni to‘xtatilgan edi.
Reuters’ga ko‘ra, AQShning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonasi cheklangan miqdorda viza berishni qayta yo‘lga qo‘ygan. Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim 7–11-noyabr kuni Vashingtonga safar uyushtirishi kutilmoqda. Agentlik AQSh elchixonasining vizalar berishni boshlaganini shu bilan tushuntirmoqda. O‘z navbatida, Turkiya ham bu harakatga tegishli javob berib, AQSh hududida viza berishni qaytalashi mumkin.
Vashingtonda Binoli Yildirim AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens bilan uchrashib, viza inqirozini muhokama qilishi kutilmoqda.
Izoh (0)