Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhi a’zolaridan biri bankda yuz bergan g‘alati vaziyat haqida gapirib berdi.
Bank kassasida ko‘chirib o‘tkazilgan summani dollarli kupyuralarda berishgan. Foydalanuvchi shu zahotiyoq ushbu dollarni qo‘shni darchaga uzatib, so‘mga almashtirib berishni so‘ragan. Eng hayratlanarli tomoni shundaki, bank xodimi bu kupyuralarni qabul qilishdan bosh tortgan. U har bitta kupyurada kichkina siyohli muhr turganini pesh qilgan, bu esa kupyura buzilganini bildiradi. Xodimni ushbu dollarni mijozga ularning o‘zlari bir daqiqa avval bergani qiziqtirmagan.
Foydalanuvchi kupyuralar qo‘shni darchadan olinganini isbotlash uchun, videokuzatuv kameralarini ko‘rishni talab qilib olgan. Uzoq davom etgan bahslardan so‘ng, dollarlarni almashtirib berishgan.
Guruhning boshqa bir nechta a’zolari ham shunday holatlarga tushganini aytgan.
“Potrebitel.uz” kupyuralarda siyohli muhrchalar bor-yo‘qligini kassa darchasida turgan vaqtda tekshirib olishni tavsiya qildi.
Izoh (0)