Joriy yil bahorida Namangan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Chelyabinsk sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangandi. Bu haqda “Daryo”ga jurnalist Sanjarbek Hamidov ma’lum qildi.
Mazkur hujjat bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda. Hozirda 22 nafar namanganlik shifokor Chelyabinskda malakasini oshirmoqda. Ular orasida jarroh, pediatr, terapevt, reanimatolog, travmatolog va boshqa yo‘nalish vakillari bor.
Namanganlik shifokorlar Chelyabinskda operatsiya jarayonlarida ham ishtirok etmoqda.
Izoh (0)