Rossiyaning Kaliningrad shahri hayvonot bog‘ida Amur yo‘lbarsi ishchiga hujum qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Aytilishicha, yovvoyi jonivorlar bo‘linmasi zootexnigi ko‘cha volyeriga kirgan paytida u yerda Tayfun laqabli yo‘lbars bo‘lgan. Yirtqich ayolga tashlangan. Hayvonot bog‘i tashrifchilari qichqiriqlar va tosh yordamida yo‘lbarsni chalg‘itgan. Xodima ichki xonalardan birida yashirinishga ulgurgan.
Ayol shifoxonaga yuborildi. Hozir uni shifokorlar tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)