Rossiya BMT Xavfsizlik kengashiga Suriyadagi kimyoviy hujumlarni tekshirish bo‘yicha missiya mandatini uzaytirish to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasini kiritdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Hujjatga ko‘ra, BMT va Kimyoviy qurollarni man etish tashkiloti ekspertlarining ish mandati yana cho‘zdirish imkoniyati bilan 2018-yil maygacha uzaytiriladi.
Shuningdek, Rossiya tomoni kimyoviy qurol qo‘llanishi bilan bog‘liq holatga oydinlik kiritish uchun Xon-Sheyxun va Shayrat aviabazasiga ekspertlar jo‘natishni taklif etdi.
Izoh (0)