AQSh adliya vazirligi 2016-yili Demokratlar partiyasi qo‘mitasi serverlarini buzib, ulardagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritishda ishtirok etgan Rossiya mansabdorlari shaxsini aniqladi. Bu haqda tergov jarayoni bilan tanish manbalarga tayanib, The Wall Street Journal ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.
Gap Rossiya muassasalarining kamida 6 nafar xodimi haqida ketmoqda. Ularning ismi-sharifi va qaysi tashkilotlarda xizmat qilishi ko‘rsatilmagan.
Nashrga ko‘ra, AQSh adliya vazirligi zarur dalillarni to‘plagan va bu shaxslarga nisbatan 2018-yilda ayblov ilgari surishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)