Isroil harbiylari G‘azo sektoridan “Islom jihodi” radikal guruhi a’zolari tomonidan qazib chiqarilgan tunnelni portlatib yubordi. Portlash oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi The Jerusalem Post.
Guruh vakili Dovud Shixob guruh a’zolari “mudofaa tizimi” qurilishida halok bo‘lganini tushuntirdi. Aytilishicha, tunnel “Falastin qarshiligi Isroil hujumiga qarshi mudofaa” uchun qurilayotgan edi.
Halok bo‘lganlarning tanalari yetkazilgan shifoxona bosh shifokori Kamol Xattob o‘limga zaharli modda sabab bo‘lganini aytdi.
“Barcha holatlarda jasadlarda ko‘karish kuzatilgan, bu zaharli gazga reaksiyadir”, — dedi u.
Isroil harbiylari qanday zaharli gaz qo‘llagani aniqlashtirilmadi.
Izoh (0)