Qozog‘istonning Qirg‘izistondagi elchixonasi oldida norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda K-News xabar bermoqda.
Uning ishtirokchilari ikki davlat chegarasidagi vaziyatni tezroq hal etishni talab qildi.
Mazkur talab 5- noyabrga qadar bajarilmasa, Qirg‘iziston rasmiylariga Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidan (YeOII) chiqish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi talab bilan murojaat etilishi bildirildi.
Namoyishchilar oldiga Qozog‘iston elchixonasi vakillari chiqdi va aksiya qatnashchilari e’tirozini tingladi. Diplomatlar buni rahbariyatga yetkazishga va’da berdi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston YeOIIga 2015-yil avgustida qo‘shilgandi.
Izoh (0)