Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida issiqlik elektr stansiyasi portlashi oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, Hindustan Times gazetasiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Boshlang‘ich ma’lumotlarda 20 qurbon haqida aytilgan edi.
Bundan tashqari, 64 kishi yaralandi. Ularning ko‘pi og‘ir ahvolda.
IESga Hindistonning NTPC Ltd davlat korporatsiyasi xizmat ko‘rsatar edi. Kompaniya ma’lumotiga qaraganda, portlash oldida gaz va par tashlanishi kuzatilgan. Bunga texnik buzilish sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh (0)