AQSh prezidenti Donald Tramp Nyu-Yorkda 31-oktabr kuni terakt uyushtirgan asli o‘zbekistonlik Sayfullo Soipovni Guantanamo harbi qamog‘iga yuborishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: AP Photo

“Buni ko‘rib chiqishga, uni Gitmoga yuborishga tayyorman”, — dedi Tramp.

Gitmo — Guantanamoning qisqartirilgan shakli.

Guantanamoda AQSh chet elda ushlangan terrorchilikda gumondor shaxslarni sudsiz ushlab turadi.