Bitkon kursi 1-noyabr kuni yana narx rekordini yangilab, 6600 dollarga yetdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
CME Group yil oxiriga qadar bitkoin fyucherslari sotuvlarini yo‘lga qo‘yishi haqidagi xabar tarqaganidan so‘ng bitkoin narxi bor o‘sib bormoqda.
Bir kun oldin kriptovalyuta qiymati 6351 dollarga ko‘tarilgan edi.
1-noyabr holatiga ko‘ra kriptovalyutaning rekord kursi 6616 dollar bo‘ldi. Shundan so‘ng bu ko‘rsatkich biroz tushib, 6538 dollarni tashkil etdi.
Yil boshidan buyon uning qiymati olti martadan oshiqqa ko‘tarildi.
Izoh (0)