Shvetsiyaning Telia Company telekommunikatsion kompaniyasi Rossiyaning “Megafon” operatoridagi o‘ziga tegishli 19 foiz aksiyalarni “Gazprombank”ka sotishga kelishib oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Telia chiqargan xabarnomada aytilishicha, kelishuv natijasida kompaniya “Megafon” kapitalidan to‘liq chiqib ketadi.
Kelishuvning umumiy summasi 60,4 milliard rublni tashkil etdi, har bir aksiya 514 rublga baholandi. Kelishuv shartlariga binoan, “Gazprombank” yarim yil davomida operator aksiyalarini sotmaydi.
Izoh (0)