Sidneyning 20 yoshli fuqarosi Tamim Xayya Avstraliya hududida terakt tayyorlashdagi aybini tan oldi. Xayya 30-oktabr, dushanba kuni Parramatta sudi oldida hozir bo‘ldi. Bu haqda SBS telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Avstraliya politsiyasi o‘smirni o‘tgan yilning mayida hibsga olgan edi. Yangi Janubiy Uels shtati politsiyasi komissari o‘rinbosari Ketrin Bernning so‘zlariga qaraganda, bu hibsga olish terakt oldini olgan. Politsiya Xayya Sidney binolaridan birini portlatishni rejalashtirganligini ta’kidlamoqda.
O‘tgan yilning fevral oyida Sidney xalqaro aeroporti chegara xizmati xodimlari uning chet el pasportini bekor qilib, mamlakatni tark etishiga yo‘l qo‘ymagan. Huquq-tartibot organlari ma’lumotiga ko‘ra, Xayya terrorchilarga qo‘shilish uchun Suriyaga yetib olishga uringan.
Sudlanuvchining aybi tan olingan taqdirda unga umrbod qamoq jazosi xavf solmoqda.
Izoh (0)